RoadShow2

IT sohasidagi karyera, ta’lim, startaplar, frilans va boshqa yo‘nalishlarga bag‘ishlangan bepul tadbirlar seriyasining ikkinchi mavsumi.

Biz O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab 30 ta shaharga xalqaro darajadagi ekspertlarni olib boramiz — ular birinchi ishni qanday topish yoki frilanser bo‘lish, yangi ko‘nikmalarni tez o‘zlashtirish, LinkedIn profilingizni rivojlantirish, startapni ishga tushirish yoki IT sohasida karyera qurish bo‘yicha tajriba va tavsiyalar bilan o‘rtoqlashadi.

Roadshow dasturining maxsus yo‘nalishi — IT sohasidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash: ularni ilhomlantirish va muvaffaqiyatli karyera sari ilk qadamlarini qo‘yishda yordam berish hisoblanadi.

Roadshow doirasida o‘zbek tilida (imkon qadar ingliz va rus tillarida ham) master-klasslar, mahorat darslari, ma’ruzalar va savol-javob sessiyalari bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar ish yoki o‘qishda darhol qo‘llash mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Har bir tadbir netvorking imkoniyatlari hamda sovrinli interaktiv sessiyalarni o‘z ichiga oladi.

RoadShow haqida batafsil ma’lumot olish uchun Tijorat taklifimiz bilan tanishib chiqing.