AI Arts Contest — bu IT Community tomonidan tashkil etilgan ijodiy tanlov bo‘lib, san’at, ijodkorlik va sun’iy intellektni birlashtiradi.
Tadbirning maqsadlari:
Networking
Tanlov turli universitetlar va hududlardan ishtirokchilarni bir joyga jamlab, ularning o‘zaro tanishishi, fikr almashishi va IT Community doirasida aloqalar o‘rnatishiga yordam beradi.Ijodiy fikrlash va AI ko‘nikmalarini rivojlantirish
Ishtirokchilar sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda turli loyihalar yaratadilar, jumladan:
videolar
musiqa
taqdimotlar
vizual san’at va avatarlar
chatbotlar
Asosiy g‘oya shundan iboratki, AI faqat kod yozish emas, balki ijodkorlik va yangicha fikrlash imkoniyati ekanini ko‘rsatishdir.
Mini-hamjamiyatlar shakllantirish
Ishtirokchilar dastlab individual loyihalar ustida ishlaydi, yakuniy bosqichda esa aralash guruhlarga birlashib:
tajriba almashadi
g‘oyalarni muhokama qiladi
eng yaxshi yechimlarni tanlaydi
natijalarni jamoa sifatida taqdim etadi
Kimlar uchun:
talabalar
IT Community a’zolari
sun’iy intellekt va ijodiy texnologiyalarga qiziqqan barcha uchun