Hackcelerator with BRB Bank 2024 — bu BRB Bank va Amity University bilan hamkorlikda, IT Community ko‘magida tashkil etilgan, fintech yechimlarini ishlab chiqishga qaratilgan bir oylik offline xakaton.
Asosiy faktlar:
Davomiyligi: 1 oy
200+ ta jamoa
Umumiy sovrin jamg‘armasi: 300 million so‘m
Qanday o‘tdi:
Jamoalar dastur davomida Amity University hududida offline formatda o‘z mahsulotlari ustida ishlashdi.
Yakuniy demo va taqdirlash marosimi BRB Bankda bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar amaliy fintech yechimlarini ishlab chiqib, ularni ekspertlarga taqdim etishdi.
IT Community roli:
Volontyorlik ko‘magi
Media va targ‘ibot qo‘llab-quvvatlovi
Spikerlar va mentorlar ishtiroki
Tadbirni muvofiqlashtirish
Asosiy yo‘nalishlar:
Fintech innovatsiyalari
Amaliy mahsulot ishlab chiqish
Talabalar, banklar va soha mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik