Keling Tanishaylik Bot

Keling Tanishaylik Bot — bu IT Community volontyorlari o‘rtasida muntazam ichki networkingni rivojlantirish uchun foydalaniladigan Telegram bot.

Nimalar qiladi:
Volontyorlarni tasodifiy tarzda kichik guruhlarga birlashtiradi.

Guruhlar har hafta yoki har 10 kunda shakllantiriladi.

Guruh hajmi 2 nafardan 10 nafargacha bo‘lishi mumkin.

Guruhlar tuzilgandan so‘ng, ishtirokchilar uchrashuvni (online yoki offline) mustaqil tashkil qilishadi.

Guruhlar qanday shakllantiriladi:
Avval volontyorlar ishtirokni tasdiqlash uchun ovoz berishadi.

Guruhlar faqat 100+ ta ovoz to‘plangandan so‘ng tuziladi.

Guruhlarni shakllantirish jarayoni IT Community rahbari Shavkat Karimov tomonidan qo‘lda ishga tushiriladi.

Asosiy maqsad:
Ichki networkingni kuchaytirish.

Volontyorlarning bir-birini yaxshiroq tanib olishiga yordam berish.