LinkedIndagi faoliyatingizni rivojlantirishga qaratilgan bepul tadbirlar va onlayn dasturlar seriyasi — profilingizni takomillashtirish, aloqalar sonini oshirish va muntazam ravishda qiziqarli kontent yaratish orqali.
Biz xalqaro darajadagi ekspertlarni universitet talabalari hamda turli tashkilotlardagi junior mutaxassislar bilan uchrashtiramiz — ular LinkedIn profilingizni qanday rivojlantirish, ushbu professional netvorking platformasidan ish topish, yangi ko‘nikmalarni o‘rganish, aloqalar qurish, biznes yuritish, samarali yollash va boshqa maqsadlar uchun qanday foydalanish bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishadi.
Connect! dasturining maxsus yo‘nalishi — IT sohasidagi qizlarni qo‘llab-quvvatlash: ularni ilhomlantirish va LinkedIn orqali muvaffaqiyatli karyera sari ilk qadamlarini qo‘yishda yordam berish.
Connect! doirasida o‘zbek, ingliz va rus tillarida master-klasslar, mahorat darslari, savol-javob sessiyalari hamda onlayn dasturlar o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar LinkedInda va undan tashqarida qo‘llashi mumkin bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Har bir tadbir netvorking imkoniyatlari va sovrinli interaktiv sessiyalarni o‘z ichiga oladi.
Connect! haqida batafsil ma’lumot olish uchun Tijorat taklifimiz bilan tanishing.