Demo Day – bu IT Community of Uzbekistan volontyorlarining yetakchi IT kompaniyalarga tashrif buyurib, IT sohasini ichidan o‘rganish imkonini beruvchi sayyor master-klasslar seriyasidir.
Demo Day davomida kompaniya:
– o‘z faoliyati va korporativ madaniyati haqida ma’lumot beradi;
– jamoalar qanday tashkil etilgani va ish jarayonlari qanday olib borilishini ko‘rsatadi;
– real ish joylari va texnologiyalar bilan tanishtiradi;
– kasbiy rivojlanish va sohaga kirish bo‘yicha amaliy maslahatlar bilan bo‘lishadi.
Tadbirlar nafaqat Toshkent shahrida, balki yaqin orada mamlakatning boshqa hududlarida ham o‘tkaziladi. Bu esa volontyorlarga IT industriyani butun O’zbekiston bo‘ylab yaqindan tanish imkonini beradi.
Demo Day – bu IT sohasi bilan bevosita aloqa, jonli tajriba va IT sohasidagi karyera sari qo‘yilgan ilk qadamdir.
Agarda bu loyiha sizga qiziq bo’lgan bo’lsa va siz hamkrolikni xohlasangiz, ushbu loyihaning yurituvchisi Islomjon Sheraliyev bilan bog’laning. Telegram: @OmgSoftCode