Girls in IT

Girls in IT – bu axborot texnologiyalari sohasiga qiziqqan qizlarni qo’llab quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan hamjamiyat loyihasidir.

Loyiha doirasida talabalar, yangi boshlayotgan mutaxassislar va maktab o’quvchilari birlashib, amaliy bilimlar olish, soha mutaxassislari bilan tanishish va o’ziga bo’lgan ishonchni oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Girls in IT doirasida oflayn tadbirlar, workshoplar, viktorinalar, karyera sessiyalari va IT sohasidagi ayol spikerlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Shuningdek, sport, san’at, musiqa va boshqa qiziqishlar bo’yicha ichki klublar mavjud bo’lib, ular qizlar o’rtasida netvorking imkoniyatlarini yaratadi.

Loyihaning asosiy maqsadi qizlar uchun IT sohasiga kirishdagi to’siqlarni kamaytirish, real karyera yo’llarini ko’rsatish va ishtirokchilar o’sishi, savollar berishi hamda o‘xshash fikrli insonlarni topishi mumkin bo’lgan qo’llab quvvatlovchi hamjamiyatni shakllantirishdir.