Keling, Tanishaylik! — bu IT Community tomonidan tashkil etilgan haftalik netvorking loyihasi bo‘lib, u volontyorlarning kichik guruhlar orqali bir-biri bilan tanishishiga yordam beradi.
Qanday ishlaydi:
Jarayon bot va IT Community volontyorlari guruhi orqali boshqariladi.
Foydalanuvchi avvalo botni faollashtiradi (agar u yangi bo‘lsa).
So‘ngra foydalanuvchi guruhda ovoz berib, uchrashuvlarda ishtirok etishini tasdiqlaydi.
Ovoz berishdan keyin ishtirokchilar guruhlar tuzilishini kutishadi.
Guruhlar IT Community rahbari Shavkat Karimov tomonidan, odatda 100+ ta ovoz yig‘ilgach, shakllantiriladi.
Guruh hajmi 2–6 kishidan iborat bo‘ladi.
Har bir guruhdagi birinchi ishtirokchi uchrashuvni (onlayn yoki oflayn) tashkil qilish uchun mas’ul bo‘ladi.
Asosiy maqsad:
Oddiy va samarali netvorking.
IT Community ichida volontyorlarning yangi odamlar bilan tanishishi va aloqalar o‘rnatishiga yordam berish.
Ushbu loyiha kimlar uchun:
Faqat IT Community volontyorlari uchun.