Ambassadorlar dasturi

IT Community Ambassadorlar dasturi kelajak liderlariga innovatsiyalarni rivojlantirish, mahalliy texnologik ekotizimlarni mustahkamlash hamda universitetlar va hududlar bo‘ylab hamkorlik, ta’lim va rivojlanish qadriyatlarini targ‘ib qilish imkonini beradi.

Biz kuchli jamoalar faol va tashabbuskor liderlar tomonidan qurilishiga ishonamiz — ushbu dastur aynan shunday liderlarni aniqlash, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan.

Ambassadorlar dasturi nima?
Ambassadorlar dasturi — IT Community bilan motivatsiyaga ega talabalar va yosh liderlarni bog‘lovchi liderlik loyihasidir. Ambassadorlar mahalliy vakillar sifatida jamoani kengaytiradi, tadbirlar tashkil qiladi va boshqalarni texnologiyalar olamiga ilk qadamlarini qo‘yishga ilhomlantiradi.

Har bir ambassador IT Community bilan o‘z universiteti yoki hududi o‘rtasida muhim ko‘prik vazifasini bajaradi va ta’sirni mamlakat bo‘ylab kengaytirishga hissa qo‘shadi.

Ambassadorlar tuzilmasi
Dastur ikki bosqichli liderlik modeliga asoslanadi:
● Har bir universitet va hududda:
    ● Lead Ambassador
    ● Vice Ambassador

● Ikkala rol ham tashabbuslarni muvofiqlashtirish, muloqot va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan liderlik lavozimlaridir.

● Ambassadorlar bir yillik muddatga tayinlanadi va faoliyat natijalariga ko‘ra qayta tayinlanish imkoniyatiga ega.

Kim ambassador bo‘lishi mumkin?
Biz lliderlik qilishni, jamoalar qurishni va real ta’sir yaratishni istagan faol shaxslarni izlaymiz.

Siz mos nomzodsiz, agar siz:
● texnologiya, innovatsiya va jamoa rivojiga qiziqsangiz
● 1-, 2- yoki 3-bosqich talabasi bo‘lsangiz (Universitet Ambassadorlari uchun)
● kuchli muloqot va tashkiliy ko‘nikmalarga ega bo‘lsangiz
● ijtimoiy tarmoqlar, tadbirlar va jamoaviy ish bilan ishlashda o‘zingizni erkin his qilsangiz
● ingliz va o‘zbek tillarida gapira olsangiz (rus tili qo’shimcha ustunlik beradi)
● haftasiga kamida 8 soat vaqt ajrata olsangiz

Ambassadorlar vazifalari
Universitet/Maktab/Akademiya Ambassadorlari
● o‘quv muassasangizda IT Community nomidan vakillik qilish
● texnologik tadbirlar, meetuplar va workshoplar tashkil etish
● IT Community tashabbuslarini ijtimoiy tarmoqlar va kampusda targ‘ib qilish
● universitet rahbariyati va talabalar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish
● volontyorlarni jalb qilish va mentorlash
● har chorakda faoliyat bo‘yicha hisobot topshirish

Hududiy Ambassadorlar
● hudud darajada IT Community nomidan vakillik qilish
● mahalliy tadbirlar va jamoaviy faollikni tashkil etish
● hududiy tashkilotlar bilan hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish
● IT Community tashabbuslarini mahalliy ehtiyoj va madaniyatga moslashtirish
● yirik tadbirlar logistika va koordinatsiyasini qo‘llab-quvvatlash
● mahalliy volontyorlarni jalb qilish va yo‘naltirish

Dastur qanday ishlaydi?
● Ambassadorlar faol ishtirok etishi kutiladi (haftasiga kamida 8 soat)
● Yangi ambassadorlar 2 oylik sinov davridan o‘tadi
● Faoliyat va real ta’sir namoyon etilgach, rasmiy maqom beriladi
● 2 oydan ortiq faol bo‘lmagan ambassadorlar jamoaning faol va kuchli bo‘lib qolishi uchun dasturdan chiqariladi

Ambassador bo‘lishning afzalliklari
● milliy IT ekotizimida liderlik tajribasi
● kuchli professional va do‘stona netvork
● quyidagi yo‘nalishlarda amaliy tajriba:
● tadbirlarni boshqarish
● jamoa qurish
● marketing va kommunikatsiya
● loyihalarni muvofiqlashtirish
● shaxsiy brendni rivojlantirish va jamoatchilik e’tirofi
● IT Community tomonidan sertifikatlar va rasmiy tasdiq

Qanday ariza topshirish mumkin?

Lider bo‘lishga va real ta’sir yaratishga tayyormisiz?

IT Community Ambassadorlar dasturiga ariza topshiring

Ariza topshirilgach:
1. Tanlangan nomzodlar suhbatga taklif etiladi
2. Muvaffaqiyatli nomzodlar 2 oylik sinov davriga qabul qilinadi
3. Faol ambassadorlar rasmiy tasdiq va maqomga ega bo‘ladi

Bizga qo‘shiling
Texnologiya va liderlik kelajagini shakllantirayotgan umumrespublika harakatining bir qismiga aylaning.

Birgalikda IT Community of Uzbekistanni rivojlantiramiz.