IT Javoblar — bu IT sohasida savol-javob va bilim almashish uchun mo‘ljallangan, hamjamiyat tomonidan yaratilgan platforma.
IT hamjamiyati sifatida biz til bilmaslik boshlovchilar va mutaxassislar uchun o‘rganish jarayonini sekinlashtirayotganini ko‘rib turibmiz. Aksariyat platformalar faqat ingliz tilida bo‘lib, foydalanuvchilarni turli manbalardan izlash va ma’lumotlarni tarjima qilishga majbur qiladi.
IT Javoblar hamjamiyatni bir joyga jamlaydi — bu yerda savollar berish, tajriba almashish, foydali javoblarga ovoz berish va birgalikda rivojlanish mumkin. Bizning maqsadimiz — O‘zbekiston IT ekotizimini mustahkamlovchi ochiq va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish.