IT Job Fair 2026

IT Job Fair 2026 — Kompaniyangiz uchun eng yaxshi imkoniyat!

Biz IT Community of Uzbekistan, Najot Ta’lim hamda bir qator yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda bepul oflayn “IT Job Fair That Actually Works” yarmarkasini tashkil qilmoqdamiz.

Tadbirning asosiy maqsadi — IT, dizayn va raqamli yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi 100+ nafar malakali mutaxassislarni taxminan 20 ta ish beruvchi kompaniya bilan bog‘lash.

Kompaniyalar uchun imkoniyatlar:

  • Talablaringiz asosida oldindan saralangan nomzodlar
  • Barcha darajadagi mutaxassislar: intern, junior, middle, senior
  • Tadbir davomida kompaniyangiz brendini keng auditoriyaga targ‘ib qilish imkoniyati
  • HR va texnik intervyular Job Fair’dan oldin, yakuniy (hiring) intervyular esa Job Fair kuni o‘tkaziladi
  • Tartibli va qulay oflayn intervyu jarayonlari
  • Har bir kompaniya uchun bepul intervyu xonasi

Sana: TBD
Manzil: Najot Ta’lim, Chilonzor filiali

Muhim eslatma:
Shoshiling — yarmarkada atigi 20 ta kompaniya uchun joy mavjud! Kompaniyangizni ro‘yxatdan o‘tkazib, eng kuchli nomzodlar bilan ishlash imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Agar kompaniyangizda ochiq vakansiyalar mavjud bo‘lsa, biz sizni eng mos nomzodlar bilan bog‘lab beramiz. Sizdan talab qilinadigan yagona narsa — ochiq vakansiyalar ro‘yxatini yuborish.

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi:
https://forms.gle/jygjpG9bEA5ZoePX9